
"Arsenal" qishda "Yuventus" futbolchisini xarid qiladi
"Arsenal" "Yuventus" yarim himoyachisi Manuel Lokatellini sotib olishi mumkin, deb xabar berdi "Calciomercato".
Manbaning xabariga ko‘ra, turinliklar futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarga kirishgan. Hozirda muhokama dastlabki bosqichda. Londonliklar transferni 2023 yilning qishida rasman amalga oshirishi mumkin.
Joriy mavsumda Lokatelli "keksa sinora" safida 6 ta o‘yin o‘tkazgan. "Transfermarkt" portali futbolchini 35 million evroga baholamoqda.
Fikrlar