"Arsenal" "Real" himoyachisini yozda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 11.03.2026 16:58
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi himoyachisi Antonio Ryudiger mavsum yakunlangach, Londonga qaytishi mumkin. Bu haqida "Football Insider" nashri ma'lum qildi. 

Manbada berilgan ma'lumotga ko‘ra, "qirollik klubi" 33 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti. Shu bois, himoyachi yozda erkin agentga aylanishi mumkin. Ma'lum bo‘lishicha, ayni vaqtda Ryudigerni "Arsenal" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Kanonirlar" rahbariyatining fikricha, germaniyalik futbolchining tajribasi va yetakchilik qobiliyati jamoaga katta yordam beradi deb o‘ylamoqda. 

Antonioning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi. 

Ma'lumot uchun, Ryudiger 2022 yilda beri Madrid klubi safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida futbolchi 170 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z nomiga 7 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!