"Arsenal" "Sampdoriya"ning ikki futbolchisini sotib olmoqchi

  • 7 iyun, 2019, 14:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi o‘z safini "Sampdoriya"ning ikki nafar futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi. Bu haqda The Metro nashri xabar berdi.

Tecno

Unga ko‘ra "kanonirlar"ning e’tibori genuyaliklar himoyachisi Yoaxim Andersen va yarim himoyachisi Dennis Pratlarga tushgan. Ma’lumotlarga qaraganda londonliklar ushbu ikki futbolchi uchun A Seriya klubiga 50 mln evro taklif qilishgan. Bu taklif esa “Sampdoriya”ni qoniqtirishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal”ning bu boradagi dastlabki taklifi 42 mln evro bo‘lgandi. Biroq, genuyaliklar ushbu taklifni rad etishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!