"Arsenal" turkiyalik yulduzni sotib olmoqchi

  • 22.11.2025 15:40
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi "Yuventus" vingeri Kenan Yildizga jiddiy qiziqish bildirmoqda va uni o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda, deb xabar beradi Caught Offside.

20 yoshli futbolchining agenti Jorje Mendesh allaqachon Turinda ingliz klubi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan va tomonlar futbolchining ehtimoliy transferini muhokama qilishgan. Bitim summasi 90-100 mln evro oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq, Yildizni "Manchester Yunayted" va "Chelsi" ham kuzatib borayotgani xabar qilingandi. Turkiyalik yarim himoyachining "Yuventus" bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda Yildiz klub safida 14 ta o‘yinda 3 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali uni 75 mln evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!