"Arsenal" Uelbek bilan shartnomani uzaytirishi mumkin
Yozda “Arsenal” bilan shartnomasi yakunlanadigan Denni Uelbek yana “kanonirlar” safidagi faoliyatini davom ettirishi mumkin.
The Independent nashri tarqatgan xabarga ko‘ra londonliklar rahbariyati 28 yoshli angliyalik hujumchiga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Uelbek o‘tgan yilning noyabrida jiddiy jarohat olgan va ayni damda davolanish bilan band.
Fikrlar