
"Arsenal" ustozligi uchun Rojers, Pochettino va yana sakkiz murabbiy nomzodi ko‘rib chiqiladi
Angliya matbuoti xabariga ko‘ra, "Arsenal" rahbariyati klub bosh murabbiylik kursisi uchun 11 ta variantni ko‘rib chiqmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Unai Emeri iste’foga chiqarilganidan so‘ng, jamoani Freddi Yungberg vaqtinchalik boshqarib kelmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, "Arsenal" ro‘yhatiga Brendan Rojers, Mikel Arteta, Maurisio Pochenttino, Massimiliano Allegri, Nun Eshpiritu Santu nomlari kiritilgan. Qolgan murabbiylar nomlari manbaada keltirilmagan.
Fikrlar