
"Arsenal" va "Barselona" Chempionlar ligasi finalida o‘ynaydi
UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida ham yarim final bosqichi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Yarim finalning dastlabki o‘yinida "Arsenal" Frantsiyaning kuchli jamoalaridan biri "Olimpik Lion"ga qarshi maydonga tushdi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ammo javob uchrashuvida londonliklar ajoyib o‘yin namoyish etib,raqib darvozasiga 4 ta gol urib,umumiy hisobda 5:3 hisobi bilan final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi yarim final jufligida esa dastlab "Barselona" o‘z uyida 4-1 hisobida g‘alaba qozondi. Javob bahsida kataloniyaliklar yana 4-1 hisobida zafar quchib, finalga yo‘l oldi.
24 may kuni finalda "Arsenal" va "Barselona" Ayollar Chempionlar Ligasi kubogi uchun maydonga tushadi.
Fikrlar