
"Arsenal" va "Chelsi" "Manchester Yunayted" nishonidagi hujumchini ilib ketmoqchi
"Arsenal" va "Chelsi" klublari Viktor Osimxen transferini muhokama qilish uchun uning agentlari bilan uchrashuv rejalashtirmoqda. Bu haqda "Caughtoffside" nashri xabar bermoqda.
Londonliklar yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirish niyatida va "Napoli" hujumchisi Osimxen asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda.
Manbaga ko‘ra, "aristokratlar" ham, "to‘pchilar" ham Viktor transferi borasida dastlabki muzokaralarni o‘tkazishni o‘ylamoqda. Bundan tashqari, Ruben Amorim boshchiligidagi "Manchester Yunayted" ham futbolchi uchun etakchi klublardan biri hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Frantsiyaning PSJ klubi ham nigeriyalik forvard uchun kurashmoqchi.
Ma’lumot o‘rnida, 26 yoshli hujumchi joriy mavsum "Galatasaray" jamoasida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar