"Arsenal" van Deykni 14 mln evroga sotib olishni xohlamagan

  • 27.12.2019 18:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi o‘z vaqtida gollandiyalik himoyachi Virjil van Deykni sotib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bergan.

Aniqrog‘i, van Deyk "Seltik"da (2013-2015) o‘ynab yurgan paytlari uni "kanonirlar"ga 14 million evroga sotib olishni taklif qilishgan. Biroq, “Arsenal” skautlari uni judayam beparvo futbolchi deb hisoblashgan va transferdan voz kechishgan.

Natijada van Deyk 2015 yil “Sautgempton”ga o‘tdi va 2018 yilda esa “Liverpul” (84,65 mln evro) futbolchisiga aylandi. Ayni damda u dunyoning eng zo‘r himoyachilaridan biri hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!