
“Arsenal”: Yugurganniki emas, buyurganniki ekan!
“Monako” rahbariyati “Arsenal” mo‘ljallab yurgan himoyachi Aksel Disasini qo‘lga kiritishga juda yaqin turibdi.
“Monegasklar” 22 yoshli kongolik futbolchi uchun “Reyms”ga 14 million evro o‘tkazib beradi. Shuningdek, Disasining o‘yiniga qarab, yana uch million evro miqdorida bonus ham to‘lanadi. “Monako” bosh murabbiyi bu himoyachini yaqinda jamoani tark etgan Kamil Glik o‘rnida o‘ynatishni istamoqda.
“Arsenal”ning e’tiborida turgan himoyachi o‘tgan mavsumda 27 ta uchrashuvni yuqori saviyada o‘tkazdi.
Fikrlar