“Arsenal” yulduziga Braziliyadan taklif tushdi

  • 20.01.2026 16:18
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezus faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

"Mail Sport" nashri bergan ma'lumotiga ko‘ra, 28 yoshli futbolchini Braziliyaning "Palmeiras" jamoasi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Biroq "to‘pchilar" bosh murabbiyi Mikel Arteta joriy transfer oynasida hujumchini sotilmasligini ma'lum qilgan. Ispaniyalik mutaxassis APL chempionlikki uchun kurashda forvardning yordami tegishiga umid qilmoqda. 

Braziliyalik futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Uning ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 20 million evroni tashkil etadi.

Ma'lumot uchun, Jezus joriy mavsum "kanonirlar" safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!