
"Arsenal" "Yuventus" hujumchisi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
Londonning "Arsenal" klubi o‘z safini "Yuventus" forvardi Moyse Kin bilan kuchaytirmoqchi.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” 19 yoshli italiyalik futbolchi uchun “keksa sinora”ga 35 mln evro taklif qilishgan. O‘z navbatida turinliklar ham uni sotib yuborishga qarshi emas. Faqat, ular Kinni keyinchalik 40 mln evro evaziga qayta sotib olish huquqini o‘zlarida saqlab qolishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kinga "Barselona", "Sevilya" va "Everton" kabi jamoalardan ham qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Moyse Kin o‘tgan mavsum “Yuventus” safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushdi va 7ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar