"Arsenal" Zaa uchun 80 mln evro taklif qiladi
Londonning "Arsenal" klubi kot-d’ivuarlik vinger Uilfrid Zaa uchun hamshahari "Kristal Pelas"ga 80 mln evro taklif qilmoqchi. Bu haqda jurnalist Kavel Solxekol xabar tarqatmoqda.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli Zaa o‘tgan mavsum APLda jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va 10ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "kanonirlar" Zaa uchun hamshaharlariga 40 mln funt taklif qilishgan va rad javobini olishgan edi.
Fikrlar