
"Arsenal"ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi
"Arsenal"ning ganalik yarim himoyachisi Tomas Partey jamoaning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida birinchi o‘rinni egalladi. U bu borada yarim himoyachilar Martin Odegor va Bukayo Sakadan ustun keldi. aytish kerakki, Partey fevral oyida Partey to‘rtta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Tomas Partey joriy mavsum “Arsenal” safida barcha turnirlarda jami 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar