
"Arsenal"ning ijaradagi futbolchisini pichoqlab ketishdi
"Arsenal"ning ijaradagi futbolchisi Pablo Mari Milandagi savdo markazida pichoqlab ketildi. Jinoyatchi ruhiy kasal bo‘lgan va undan tashqari yana 5 kishini pichoqlagan. Futbolchi ayni damda kasalxonada.
"Marca" nashri xabar berishicha, voqea joyida Mari xotini va o‘g‘li bilan birga bo‘lgan. U vertolyotda kasalxonaga etkazilgan. Ta’kidlanishicha, futbolchi kasalxonaga ketayotgan paytda hushida bo‘lgan.
"Montsa" bosh direktori ispan futbolchisining holati haqida malumot berdi. Pablo Mari xavf ostida emas. Sababi, uning jarohati hayoti uchun xavf tug‘dirmaydi. Umid qilamizki, tez orada uni yana ko‘ramiz" - dedi Adriano Galliani.
Fikrlar