Arshavin: Endi hech kim Sarrini omadsiz deb aytmaydi
“Arsenal” klubi sobiq hujumchisi Andrey Arshavin "Match TV" efirida Mauritsio Sarri boshchiligidagi "Chelsi"ning Evropa ligasidagi g‘alabasi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Sarri faoliyatidagi ilk sovrinni shu tariqa naqd 60 yoshga to‘lganida qo‘lga kiritdi.
“Endi hech kim Sarrini omadsiz deb aytmaydi. Boshqa tomondan olib qaraganda esa u bor yo‘g‘i “murabbiycha”ni mag‘lubiyatga uchratdi xolos”, - deydi rossiyalik futbol yulduzi.
Ta’kidlash lozimki, Emeri Moskvaning “Spartak” klubida faoliyat olib borgan paytlarda Rossiya terma jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba uni aynan “murabbiycha” deb atagan.
Fikrlar