Arteta "Arsenal"da Vinisius emas, Niko Uilyamssni ko‘rishni istaydi
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Atletik» jamoasi yarim himoyachisi Niko Uilyamsni Vinisius Juniyorga nisbatan afzal ko‘rmoqda.
ElNacional.cat nashri ma’lumoticha, ispaniyalik mutaxassis taktik jihatdan aynan Niko Uilyams «kanonirlar» uslubiga ko‘proq mos keladi, deb hisoblamoqda. Arteta uning himoyada faol ishlashi, jamoaviy pressingda qatnashishi va bozor qiymati nisbatan past ekanini muhim omil sifatida ko‘rmoqda. Shu boisdan, Uilyams londonliklar uchun moliyaviy jihatdan ham, taktik jihatdan ham maqbul variant sifatida ko‘rilmoqda. Futbolchining o‘zi ham «Atletik»ni tark etish ehtimoliga yopiq emasligi qayd etilmoqda.
Niko Uilyams «Atletik» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2035 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda Bilbao klubi safida barcha musobaqalar doirasida 32 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar