Arteta: "Bu g‘alaba – mavsumdagi eng muhimi!"

  • 27.10.2025 13:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida "Kristal Pelas" ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabani jamoa uchun mavsumdagi eng muhim deb atadi.

"Hozirgina yigitlarga aytdim: bu g‘alabani mavsumdagi boshqa barcha g‘alabalardan ham ko‘proq qadrlayman. Biz bugun qanchalik qiyin bo‘lishini yaxshi bilardik — har uch kunda o‘yin, bu esa katta sinov. Shu bilan birga, ushbu turdagi natijalarni hisobga olganda, APLda peshqadamlikni mustahkamlash uchun katta imkoniyat bor edi.

Biz raqib haqida ham yaxshi bilardik. Menimcha, ular so‘nggi vaqtlarda eng yaxshi jamoalardan biri. Ular har bir holatni murakkablashtirishni, raqibni bezovta qilishni biladi. Agar bir lahza diqqatni yo‘qotsangiz, ular albatta jazolaydi", — dedi “kanonirlar” bosh murabbiyi Mikel Arteta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!