Arteta: "O'yinni nazorat qildik, ammo raqibga umid sovg'a qildik"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda (2:3) nima sababdan mag‘lubiyatga uchraganini izohladi.
"Biz uchrashuvni juda yaxshi boshladik. Ilk 30 daqiqa davomida to‘liq ustunlik qildik, o‘yinni o‘zimiz istagan hududlarda olib bordik, gol urdik va yana ikki ajoyib imkoniyat yaratdik. Ammo shundan so‘ng raqibga golni sovg‘a qildik. Xatolar futbolning bir qismi, lekin bu biz uchun xos bo‘lmagan gol edi. Biz uni taqdim etdik va shu bilan raqibga umid berdik, natijada o‘yin kayfiyati o‘zgarib ketdi.
Ikkinchi bo‘limda to‘pni kerakli hududlarda ushlab tura olmadik, o‘yin ochiqroq tus oldi va birinchi taymdagi kabi ustunlikni saqlab qololmadik.
Shu bilan birga, ikkinchi taymda raqib ikkita juda chiroyli gol urdi. Katta o‘yinlarda individual mahorat va ilhomiy lahzalar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi va bugun biz bunga yaqqol misollarni ko‘rdik.
Men juda qattiq xafaman, ammo javobgarlikni o‘z zimmamga olishim, futbolchilarga yaqin bo‘lishim kerak", — dedi "Arsenal" bosh murabbiyi.
Fikrlar