Arteta “Real”ning hech kim tanimaydigan futbolchisini oladi

  • 18 noyabr, 06:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning ikkinchi jamoasida o‘ynab kelayotgan markziy himoyachi Viktor Valdepenyas faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tecno

Transfer News Live va Express nashrlarining ma’lum qilishicha, hali nomi yoyilmagan 18 yoshli futbolchiga “Arsenal” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ispaniyalik iqtidor egasi hali “Real”ning asosiy jamoasida debyut qilgani yo‘q. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.

Viktor Valdepenyas markaziy himoyachi bo‘lganiga qaramay, chap qanotda ham ishonchli o‘ynay oladi. Transfermarkt  portali ekspertlari uning transfer summasini 500 ming evroga baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!