
Arteta yozda "Arsenal"ga La Ligadagi argentinalik yulduzni olib kelmoqchi
“Sevilya”ning hujumkor yarim himoyachisi Lukas Okampos faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todo Fichajes nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaning ma’lum qilishicha, 26 yoshli argentinalik futbolchiga “Arsenal”dan jiddiy taklif bo‘lmoqda. Uni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta tarkibda ko‘rishni xohlamoqda.
Aytish kerakki, Okampos uchun “kanonirlar”dan tashqari “Liverpul” va “Lids” ham kurash olib bormoqda. “Sevilya” ushbu futbolchisini 72 million evroga baholayapti.
Okampos joriy mavsum La Ligada jami 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar