Artur Beterbiev: "Avvallari bu jang faqat orzu edi"

  • 12.09.2025 23:38
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Sobiq mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiev meksikalik Saul “Kanelo” Alvares va amerikalik Terenc Krouford jangiga munosabat bildirdi. 

"Ba’zida boksdagi voqealarga qarab, ajoyib davrda yashayotganimizni tushunamiz. Yaqin-yaqinga qadar ko‘plab janglar imkonsizdek tuyulardi. Ya’ni men turli promouterlar, telekanallar, joy, vaqt va gonorar haqida gapiryapman. Bugun esa eng yirik nomlar bir-biriga qarshi ringga chiqmoqda. Bunda Turki Al ash-Sheyxning hissasi beqiyos. Uning tashabbuslari tufayli professional boks yana butun dunyo e’tiborida. Tomoshabinlar haqiqiy janglarni, intriga va eng yaxshilarning to‘qnashuvini ko‘rishmoqda. 13 sentyabr kuni "Kanelo" Alvares Terenc Krouford bilan ringga chiqadi. Bu jang ilgari faqat orzu bo‘lishi mumkin edi!" - dedi Beterbiev.

Eslatib o‘tamiz, ushbu to‘qnashuv 14 sentyabr kuni O‘zbekiston vaqti bilan soat 09:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!