
Artur Beterbiev g‘alabasining kaliti nimada edi?
WBC va IBF yo‘nalishining yarim og‘ir vazndagi chempioni Artur Beterbiev Aleksandr Gvozdik ustidan qozonilgan g‘alabaga izoh berdi.
"Bu faoliyatimdagi eng muhim jang edi. Yaxshi harakat qildim deb o‘ylayman. Mazkur to‘qnashuv men uchun hayot-mamot masalasi bo‘ldi desam ham mubolag‘a bo‘lmaydi.
Jangning yakunidan juda mamnunman. Bugungi g‘alabaning kaliti nimada edi? Menimcha, buni murabbiyimdan so‘rashingiz kerak. Juda ko‘p mexnat qildik.
Keyingi raqibim kim bo‘lishi ahamiyatsiz. Har qanday jangga tayyorman. Men ismlarga emas, balki unvonlarga e’tibor qarataman. Qolaversa, ikkinchi chempionlik kamarini qo‘lga kiritganimdan keyin yana motivatsiya paydo bo‘ldi”, - dedi Beterbiev.
Bugun, rossiyalik bokschi 10-raundda Gvozdikni nokautga uchratgandi.
Fikrlar