
Artur Beterbiev: "Meni Usikka xasad qilishda ayblashadi"
Yarim og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiev (21-0, 20 KO) potentsial raqibi Aleksandr Usik (22-0, 14 KO) haqida gapirdi.
"Aleksandr to‘g‘risida gapirishni yoqtirmayman. Har safar shunday qilganimda, meni unga xasad qilishda ayblashadi. Ammo boshqa bokschilar bilan ham shundayman. Ha, Usik hurmatga loyiq bokschi. Lekin u haqda ko‘p gaplar aytishni xohlamayman. U bilan birinchi og‘ir vaznda jang qilishgina men uchun qiziq", - deya Beterbievning so‘zlarini keltirdi "RT" portali.
Eslatib o‘tamiz, Artur Beterbiev so‘nggi jangida Dmitriy Bivolni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etdi.
Fikrlar