
Arveladze "Andijon"ning Turkiyadagi yig‘iniga qo‘shiladi
Oldin xabar qilganimizdek, bugun “Andijon” qishki tayyorgarligining uchinchi bosqichini o‘tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga jo‘nab ketadi.
Jamoa vakillari joylashgan havo kemasi “Islom Karimov” nomidagi xalqaro aeroportda soat 10:00 da parvozga ko‘tariladi.
Safar oldidan murabbiylar shtabiga ikki nafar mutaxassis qo‘shildi. Bular – Nikolay Shevchenko hamda Anatoliy Kurlaev. O‘z vaqtida Kurlaev futbolchi sifatida “Andijon” safida to‘p surganini muxlislar yaxshi eslashsa kerak.
“Andijon” delegatsiyasining Turkiyaga yo‘l olayotgan tarkibi quyidagicha:
Rahbariyat
Bosh direktor: Ulug‘bek Mirzaev
Sport direktori: Elbek Samatov
Bosh murabbiy: Aleksandr Xomyakov
Bosh murabbiy yordamchisi: Artyom Petrosyan
Darvozabonlar murabbiyi: Qobil Olimjonov
Murabbiylar: Elyor Rahmatullaev, Nikolay Shevchenko
Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy: Anatoliy Kurlaev
Shifokor: G‘ofurjon Jo‘raev
Fizioterapevt: Omatillo Ortiqov
Massajchi: Azizbek Karimov
Administrator: Xursandbek Qosimov
Matbuot kotibi: Shuhratbek Jo‘raev
Tahlilchi: Sherzodbek Mamadaliev
Futbolchilar
Darvozabonlar:
Eldor Adhamov
Mohir Komilov
Himoyachilar:
Ildar Mamatkazin
Islom Mamatkazin
Abdurahmon Komilov
Abduvohid G‘ulomov
Vladimir Bubanya
Ahmadjon Anvarov
Ilhom Alijonov
Yarim himoyachilar:
Aslbek Aysarov
Farhod Bekmurodov
Sardor Azimov
Farhod Sohibjonov
Muhammadkarim Toirov
Ilhom Abdug‘aniev
Sardor Abdunabiev
Suhrob Berdiev
Hujumchilar:
Shahboz Erkinov
Izzat Abdulxaqov
Bobur Farhodov
"Andijon"ning Antaliyadagi yig‘iniga shu kunning o‘zida legioner o‘yinchilar ham qo‘shiladi.
Jumladan, 1988 yilda tavallud topgan ukrainalik tajribali darvozabon Igor Litovka “Andijon” ixtiyoriga etib keladi. Uning oxirgi klubi Xorvatiyaning “Zagora” jamoasi hisoblanadi.
Ukrainalik yarim himoyachi Levan Arveladze ham “Andijon” safiga qo‘shiladi. 1993 yilda tug‘ilgan Arveladze yarim himoyachi bo‘lib, bungacha Gruziyaning “Torpedo” Kutaisi klubi sharafini himoya qilgan.
Bulardan tashqari, yana bir legioner gruziyalik yarim himoyachi Nodari Kavtaradze bo‘lib, u 1993 yilda tavallud topgan. Tajribali o‘yinchining so‘nggi jamoasi Kutaisining “Torpedo”si hisoblanadi.
Qolaversa, klubning Turkiyadagi yig‘ini davomida yana boshqa legionerlar ham qo‘shiladi. Bu borada "Andijon" matbuot xizmati tomonidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi xabar qilindi.
Eslatib o‘tamiz. “Andijon”ning Turkiyadagi o‘quv-mashg‘uloti 27 yanvardan 17 fevralga qadar davom etadi va bir qator nazorat o‘yinlarida ishtirok etadi.
Fikrlar