Asaubaeva jahon reytingida yetakchilikka erishishda Sindarovning roli haqida so‘zlab berdi

  • 06.06.2026 00:59
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Asaubaeva musobaqalarga tayyorgarligi va o‘zbekistondlik grossmeyster Javohir Sindarov bilan shaxmatdagi hamkorlik yo‘li haqida so‘zlab berdi, deb xabar beradi Sports.kz Norway Chess matbuot xizmatiга tayanib.
 

— Sizningcha, yaqiningizda shunday inson — u, shuningdek, sizni butun umr qo‘llab-quvvatlab kelayotgan onangiz bo‘lishi qay darajada muhim? Bu albatta, shaxmat ustida qay darajada qattiq mehnat qilishingizga ham ta’sir qiladi. Siz dunyoda birinchi raqamli shaxmatchi bo‘lishni istashingizni aytdingiz. Bu maqsadga erishish uchun aniq bir strategiyangiz bormi? Va odatda turnirlar orasida tayyorgarligingiz qanday kechadi? Ishingiz haqida biroz batafsil aytib bersangiz. 

— Odatda mening yiliga besh-olti marta o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarim bo‘ladi, shuningdek, juda ko‘p turnirlarda qatnashaman. Ko‘pincha uyda to‘rt-besh kungina bo‘laman. Men faqat shaxmatdan zavq olishni va o‘z ustida ishlashni davom ettirmoqchiman. Umid qilamanki, bu o‘z samarasini beradi.
 

— Tushunishimcha, siz Javohir bilan birga ishlaysiz va murabbiyingiz ham bir xilmi? — Ha.
 

— U sizga qay darajada yordam beryapti? Masalan, shu kabi turnirda, unga o‘zi partiya o‘ynash shart bo‘lmagan holatda, da’vog‘arlar turnirida bo‘lgandek emas-ku? 

— Ha, o‘ylaymanki, bu birinchi tajriba bo‘ldi — u o‘zining shaxsiy turnirida qatnashmasdan turib menga yordam berdi. Rostini aytsam, bu men uchun juda yoqimli bo‘ldi, chunki u menga debutlarda yordam berdi, doim qo‘llab-quvvatladi. Shu bilan birga, murabbiylarimning yordami ham katta. Lekin keyingi musobaqalarda, deb o‘ylayman, men qatnashadigan barcha turnirlarda u ham o‘ynaydi. Shuning uchun biz shunchaki o‘zimizni takomillashtirishga va shaxmatdan zavq olishga harakat qilamiz.

 

Bugun Norway Chess Women-2026 musobaqasining 10, yakunlovchi turida Asaubaeva Xitoylik jahon chempioni Czyu Ven’cyunga mag‘lub bo‘ldi. Shunga qaramay, umumiy jadvalda peshqadamlikni saqlab qoldi. Kecha esa ukrainalik Anna Muzychukka qarshi durangdan so‘ng qozog‘istonlik shaxmatchi Oslodagi turnir g‘olibligini muddatidan oldin ta’minlagan edi.

Norway Chess Women musobaqasi yakunlariga ko‘ra, Bibisara 16,5 ochko to‘pladi va ushbu nufuzli musobaqada g‘alaba qozo‘ngan Qozog‘iston tarixidagi ilk shaxmatchiga aylandi. Bu muvaffaqiyatdan so‘ng u FIDE jonli reytingida 7-o‘rindan 4-pog‘onaga ko‘tarildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!