Asensio APLga o‘tishga yaqin

  • 30.05.2023 15:28
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Marko Asensio Angliya premer-ligasi jamoasiga o‘tishga juda yaqin turibdi. "Marca" nashri xabariga ko‘ra, "Aston Villa" ispaniyalik futbolchini tekinga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Asensio doimiy ravishda asosiy tarkibda o‘ynashni istaydi, ammo Madridda bunga kafolat bo‘lmadi. Marko bosh murabbiy Unai Emeri uni ko‘rmoqchi bo‘lgan "Aston Villa" taklifini qabul qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, “Aston Villa” navbatdagi mavsumda Konferensiyalar ligasida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!