Asensio yaxshi o‘ynamasa bo‘lmaydi. Chunki...
“Real” Madrid klubi jamoa yarim himoyachisi Marko Asensioning kelajak taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda.
Futbolchining shartnomasi tugashiga bir yarim yil qolgan, ammo klub hali unga yangi shartnoma taklif qilish yoki taklif qilmaslik borasida bir qarorga kelmagan.
Marca nashrining yozishicha, mavsum boshida klub 26 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan kelishuvni yangilash niyatida emas edi, biroq Markoning ko‘rsatayotgan muvaffaqiyatli o‘yinlari rahbariyat fikrini o‘zgartirishi mumkin. Yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. "Real" yarim himoyachining o‘yinini mavsum oxirigacha kuzatishda davom etadi.
Asensio madridliklar safiga 2015 yilda kelib qo‘shilgan. U La Liganing joriy mavsumida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol urdi.
Fikrlar