
Ashraf "Inter"da hech kim qilmagan ishni qildi
"Inter" himoyachisi Ashraf Xakimi “neradzurrilar” safida rekord o‘rnatdi.
Opta statistik portalining xabar berishicha, Marokash terma jamoasi a’zosi “Inter” safida A Seriyada 13 ta o‘yinda 4 ta gol urgan ilk himoyachi bo‘ldi.
“Inter” Xakimini o‘tgan yoz “Real”dan 40 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum milanliklar safida jami 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar