Ashraf Xakimi "Real"ga qaytadi

  • 10 iyul, 2021, 21:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ himoyachisi Ashraf Xakimining agenti Alexandro Kamano mijozi bir kun kelib "Real"ga qaytishi mumkinligini aytdi.

Tecno

“Biz Ashrafning “Real”ga qaytishiga umid qilamiz. U Madridda tug‘ildi, u erda ulg‘aydi va bir kun "Real"da o‘ynashni albatta xohlaydi”, - dedi Kamano.

Xakimi "Real"  akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2020 yilning yozida "Inter"ga ko‘chib o‘tgan edi. “Neradzurrilar” esa uni yaqinda PSJga sotdi.

Ma’lumot uchun, Hakimi o‘tgan mavsum A Seriyada jami 37 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!