"Asian Boxing" tashkiloti bir qator komissiyalar tarkibini rasmаn e'lon qildi
"Asian Boxing" tashkiloti Direktorlar kengashining 2026 yil 8 yanvardagi qaroriga asosan bir qator komissiyalar tarkibini rasmiy tasdiqladi.
Ushbu tayinlovlar tashkilotning boshqaruv tizimini mustahkamlash hamda Osiyo mintaqasida boksni yanada samarali rivojlantirishga qaratilgan.
E'tiborli, “Sport va musobaqalar” komissiyasi raisi lavozimiga O'zbekiston boks federatsiyasi Bosh kotibi Shohid Tillaboev tayinlandi. Bu haqida O'zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar