
Asila Mirzayorova o‘zi o‘rnatgan rekordni o‘zi yangiladi va yana shoxsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi!
Yaponiyadagi jahon chempionatining bugungi kuni biz uchun ajoyib natija bilan yakunlandi.
Hususan, yollar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash dasturida startga chiqqan hamyurtimiz Asila Mirzayorova 5.18 metr natija qayd etib, jahon chempionati rekordini o‘rnatdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Qayd etish lozimki, bu borada avvalgi rekord ham aynan Asilaning o‘ziga tegishli edi. Vakilimiz 2023 yil Parijda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 5.18 metr natija ko‘rsatib, oltin medal va Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritgan.
Bugungi bellashuvlardan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi 6 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 12 ta medal bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar