Asilbek Aliev va Ne’matulloh Rustamjonov Vodiy klubi bilan kelishuvga erishdi!
O‘zbekiston U-17 terma jamoasining ikki a’zosi Asilbek Aliev va Ne’matulloh Rustamjonov Vodiyning "Andijon" klubi bilan kelishuvga erishdi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "burgutlar" Osiyo kubogida porlagan ikki iqtidorli futbolchi bilan to‘liq kelishib olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki transfer ham tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, "Andijon"ni yangi mavsumda O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan boshqaradi. Klub rahbarlari bu mavsum jamoadan ulkan natijalar kutishayotgani sir emas.

Fikrlar