Asker Najafaliev faoliyati yuzasidan hech qanday rasmiy shikoyat yoki e'tiroz bildirilmadi!
Indoneziyda boʻlib oʻtgan “Persipura” — “Adhyaksa FC” uchrashuvidan soʻng hakamlar guruhiga oid tarqalgan xabarlar boʻyicha maʼlumot berildi.
Ushbu bahs yakunlanganda soʻng ayrim muxlislar tomonidan maydonga turli buyumlar uloqtirilgan. Biroq, ushbu holatda oʻzbekistonlik hakam Asker Najafaliev va hakamlar jamoasiga hech qanday zarar yetmagan. Hakamlar xavfsizlik xodimlari tomonidan stadiondan xavfsiz tarzda olib chiqilgan.
Indoneziya futbol federatsiyasi tomonidan Asker Najafaliev faoliyati yuzasidan hech qanday rasmiy shikoyat yoki eʼtiroz bildirilmagan.
Shuningdek, Asker Najafaliev ertaga boʻlib oʻtadigan “Persita” — “Persijap” uchrashuvini boshqarish uchun navbatdagi tayinlovni olgan va ayni paytda keyingi oʻyinga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Fikrlar