Asli xokkeychi va WBCning sobiq chempioni bo‘lgan bokschimiz faoliyatini yakunladi

  • 29 oktabr, 2019, 12:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha hamyurtimiz, hozirda rossiya fuqarosi, sobiq jahon chempioni rossiyalik Oleg Maskaev sportdagi faoliyatini yakunladi.

Tecno

"Bir necha yil oldin yaxshi jismoniy holatga ega edim. Bu yoshda esa jang qilish oson emas. Lekin boksni tashlash juda qiyin. Ammo shoshqaloqlik bilan jang qilish endi to‘g‘ri kelmaydi. Bu sog‘liq uchun ham xavfli.

Rossiyadagi promouterlarga men jang qilishni taklif qildim. Kuchim va xohish bor edi. Endi esa bu yoshda ringga ko‘tarilish, kichkina bolaning birinchi qadamini qo‘yishga o‘xshaydi”- deya, TASS 50 yoshli Maskaevning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz. Oleg Maskaev asli Qozog‘istonda tug‘ilgan bo‘lsada, O‘zbekistonda xarbiy xizmatni o‘tash asnosida, yurtimiz nomidan xalqaro arenalarda ringga ko‘tariladi. U havaskor boksda +91 kgda 1994 yil Osiyo o‘yinlari g‘olibi, 1995 yil Jahon Kubogi sovrindori bo‘lgan. Oleg aslida, 16 yoshgacha Qozog‘istonning Karaganda shahrida xokkey bilan shug‘ullangan.

Maskaev og‘ir vazn toifasida WBC yo‘nalishining (2006-2008) sobiq chempioni hisoblanadi. Maskaev so‘nggi jangida 2013 yil 4 noyabr kuni britaniyalik Denni Uilyamsni mag‘lubiyatga uchratdi. O‘shandan beri bokschi ringga qaytish istagini bildirdi. U faoliyati davomida professional ringda 39 ta g‘alaba (28 ta KO) va etti mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!