
Asosiy kardning birinchi jangi yakunlandi
Xabaringiz bor, ayni paytda Avstraliyaning Sidney shahrida "UFC 312" turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Asosiy kardning 1-jangi yakunlandi. Yarim o‘rta vaznda oktagonga ko‘tarilgan Jeyk Mettyus hakamlarning yakdil qarori bilan Fransisko Prado ustidan g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, kechaning asosiy to‘qnashuvida amaldagi chempion Drikus dyu Plessi va Shon Striklend o‘zaro jang qiladi.
Fikrlar