Asr antirekordi! Arbeloa davrida “Real” “teshik” jamoaga aylanib qoldi
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa XXI asrda klub tarixida eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan eng yomon murabbiyga aylandi.
La Liganing 31-tur uchrashuvida madridliklar o‘z maydonida “Jirona”ni mag‘lub eta olmadi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi va “Real” qimmatli ochkolarni yo‘qotdi.
Madrid Universal X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, “Real” Arbeloa murabbiyligida 20 ta o‘yinda 24 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Avvalroq RMC Sport nashri klub rahbariyati Arbeloga o‘rinbosar qidirayotganini xabar qilgandi. U jamoani faqat shu yil yanvarda boshqarishni boshlagan.
“Qirollik klubi” bosh murabbiylikka asosiy nomzodlar qatoriga Fransiya terma jamoasini 14 yildan beri muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Didye Deshamni kiritdi. Fransiyalik mutaxassis 2026 yildagi jahon chempionatidan keyin lavozimini topshirishi kutilmoqda.
Fikrlar