Asror Aliqulov: "Aral" vaqt cho‘zishga harakat qildi"

  • 23 may, 2024, 22:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Aral” – “Mash’al” (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- O‘yin kurashlarga boy bo‘ldi. Birinchi navbatda xarakterlar asosiy o‘ringa chiqdi. Birinchi bo‘limda yaxshi vaziyat yaratdik. Afsuski, gol urolmadik. Yana penaltidan to‘p o‘tkazdik. Xatolikka yo‘l qo‘ydik. Ikkinchi bo‘limda hujumga o‘tishga harakat qildik. “Aral” vaqt cho‘zishga intildi. Yaxshi himoyalandi, deyish mumkin. Baribir gol urdik. Ammo g‘alaba uchun vaqt kamlik qildi. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz.

-“Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘yin bilan taqqoslaganda tarkibda o‘zgarishlar bo‘ldi...

- Qo‘qonliklarga qarshi uchrashuvda o‘yin tashkil qilish tomonlama yaxshi o‘ynadik. Faqat standart holatlarda gol o‘tkazdik. Bugun ham “Aral”ning asosiy hujumlari qaysidir ma’noda standart vaziyatlar edi. Shunga tayyorlandik va ayrim chiziqlarimizda o‘zgarishlar qildik. O‘ylaymanki, maydonga tushirgan yigitlarimiz o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsata oldilar.

- “Mash’al” 15 kun ichida 5 ming kilometr bosib o‘tdi. Bu ham futbolchilarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdimi?

- Baribir tiklanish ko‘proq vaqt talab qilyapti. Qoraqalpoqda futbolni yaxshi ko‘rishadi. Lekin bugungi maydonda futbolchilarni jarohat olish xavfi ko‘proq. Hamma yaxshi maydonlarda o‘ynashini xohlardim. Chunki ayrim o‘yinchilarni olib kela olmaymiz. Masalan, kimdir tizzasidan jarohat olgan bo‘lsa, ularni sog‘ligi bilan tavakkal qila olmaymiz. Ayrimlarini qoldirib keldik. Hozir futbolchilarimizni oyoqlarini tagi shilinib ketgan. Chunki maydonning holati juda yomon.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!