Asror Aliqulov: "Kam sonli imkoniyatlarimizdan gol ura olmadik"

  • 8 avgust, 2023, 23:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liganing 13-turidagi markaziy o‘yin “Mash’al” hamda “Qo‘qon-1912” jamoalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan. Ushbu bellashuvda muborakliklar o‘z uyida 0:1 hisobida yutqazdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida “Mash’al” ustozi Asror Aliqulov quyidagilarni aytdi:

Tecno

"O‘yinga tayyorlanish jarayonida raqibning himoyaviy o‘yin ko‘rsatishi, qarshi hujumlarda Anvar Hojimirzaevning tezligidan foydalanish, hujumga o‘tishda oldingi chiziqdagi baland bo‘yli futbolchisiga to‘pni uzatish...Biz oldindan ularning rejasiga tayyorlangandik. Afsuski, birinchi bo‘limda to‘p o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda vaziyatlar yaratdik. Kam sonli imkoniyatlardan gol ura olmadik.

Hozir ko‘proq tanishuv jarayoni. Ularning kuchli yoki kuchsiz tomonlari, o‘yinni his qilish holatlari, umuman yaxshiroq harakat qilishlarini kutgandim. O‘ylaymanki, bundan ham yaxshiroq o‘ynashlari mumkin. Hozircha futbolchimiz 30 foiz kuchi bilan o‘ynayapti. Jismoniy tomonlama ham unchalik tayyor emas.

Bugun o‘yin tomonalama qo‘qonliklar kuchlilik qildi, deya olmayman. Ko‘proq o‘yinchilari Superligada o‘ynashgan. Shuning evaziga qaysidir vaziyatlarda ustunlik qilishyapti. Hakamni ham aytib o‘tishga majburman. Yuqori o‘rinlardagi klublar va ochko yo‘qotishi qimmatga tushishi mumkin bo‘lgan bahslarga yaxshiroq, va o‘yinga mos hakam tayinlanishi kerak, deb o‘ylayman. Uchrashuvda juda yaxshi hakamlik qila oldi, deya olmayman.

O‘zimni yangi deb hisoblamayman. Aytish mumkinki, “Mash’al” menga juda qadrdon jamoa. Oldimizga Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilgan. Bir necha yillar davomida “Uzbekneftgaz” “Mash’al”ni qo‘llab-quvvatlagan. Minnatdorchilik bildiramiz, klubdan katta futbolchilar, katta nomlar etishib chiqdi. Hozirgi yangi homiyimiz ham qo‘llab-quvvatlayapti. Ular ajratgan mablag‘larni va yordamlarini oqlashga, o‘zimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz".

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бахриддин М.З.
09/08/2023 07:53
Футбол ўйнаб, ўйинни тушунган хам, тушунмаган хам тренер бўлаверар эканда. Қизилқумни аутсайдерга айлантириб, энди яна бахонасини эшитинг.