Asror Aliqulov "Mash’al" to‘purari uchun mavsum yakunlanganini ma’lum qildi

  • 19 avgust, 2023, 02:13
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liganing 14-turi doirasida "G‘ijduvon" bilan o‘ynalgan durangdan keyin "Mash’al" bosh murabbiyi Asror Aliqulov o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"O‘yin to‘laqonli bizning ustunligimiz ostida o‘tdi. To‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘ldik. Agarda ilk daqiqalarda yaratgan vaziyatimizni golga aylantirganimizda, o‘yin osonroq o‘tgan bo‘lardi. Afsuski, gol ura olmadik. "G‘ijduvon" katta kuch bilan himoyalandi, vaqt cho‘zishga harakat qildi. Biz esa bellashuv oxirigacha g‘alaba uchun harakat qildik, vaziyatlar yaratdik. Ammo hujumchimiz 3 metrdan ham darvozani ishg‘ol qila olmadi. Shu sababli bugungi o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Endi bu tarix. Keyingi o‘yinga tayyorlanamiz".

- Gol urish uchun jamoaga nima etishmadi deb o‘ylaysiz?

"Ko‘proq mahorat etishmadi. Chunki birga-bir vaziyatlarda gol urish uchun nima kerak? Mashg‘ulotlarda bu borada ko‘p ishlaymiz. Afsuski, futbolchi o‘ziga bog‘liq bo‘lgan jihatni chiqarib bera olmadi. Bu futbolchining mahoratiga bog‘liq. Balki mahoratini namoyish qilib bera olganida, bugun g‘alaba qozonishimiz mumkin edi".

- To‘purar futbolchi Petrovning jarohati jiddiymi?

"Jiddiy. Aytishim mumkinki, ikki o‘yinni u jarohat bilan o‘tkazdi. Uni jarrohlik amaliyoti kutyapti. Bu yil endi u bizga yordam bera olmasa kerak. U to‘purarimiz, jamoamizning asosiy futbolchisi. Biz uchun bu katta yo‘qotish".

- O‘yindan oldin "G‘ijduvon"ning bunchalik himoyalanishini kutganmidingiz?

"Bilgandik. Ular chuqur himoyada, agressiv o‘yin ko‘rsatishini, har xil follar orqali hujumlarni to‘xtatishini kutgandik. Futbolchilarni bunga tayyorladik va uzun paslar orqali hujumga o‘tish bo‘yicha ishladik. Futbolchilarning "G‘ijduvon"ning bunchalik chuqur himoyalanishiga tayyorlay oldik deb o‘ylayman. Chunki shunday holatda ham juda ko‘p vaziyatlar yaratdik. Faqat bu vaziyatlarni golga aylantira olmadik".

- Bugungi o‘yin nursiz durangmi yoki jangovar durang bo‘ldimi?

"Qachonki ikki jamoa g‘alaba uchun o‘ynaganda edi, jangovar desak bo‘lardi. Shu sababli jangovar durang deyish bu bahsga mos tushmaydi. Chunki "G‘ijduvon" jamoasi bugun durangni saqlab qolish uchun harakat qildi. Biz esa ko‘proq g‘alaba uchun o‘ynadik, ammo durang qayd etildi".

"Mash’al" klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
19/08/2023 06:51
Агарда бундай булмаганда эди булар хаммаси бир бохона русларда бир купол макол бор неможеш срат не мучей жопу кулингдан келмагандан кейин йигиштир каерни обод килдинг хамма борган клубингни расво килдингку мураббийлик оллохдан берилган ином .