Asror Aliqulov: "Raqib vaqt cho‘zishga harakat qildi"

  • 16 may, 2024, 21:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugun pro liganing 8-turida “Qo‘qon-1912” “Mash’al” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov qatnashdi.

“Shiddatli va muxlislarbop o‘yin bo‘ldi. To‘p nazoratini olishga harakat qildik. Lekin “Qo‘qon-1912”ning asosiy quroli – bu uzun paslar va standart vaziyatlar. Biz shularga tayyorgarlik ko‘rgandik. Baribir gollarni standart holatlardan keyin o‘tkazib yubordik.

O‘yinni saqlab qolishga, imkoniyat yaratishga harakat qildik. Raqib esa vaqt cho‘zishga harakat qildi. Hakam tomonidan uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqt zaxiralar soni va to‘xtalishlar uchun kamroq bo‘ldi, deb o‘ylayman. Baribir futbolchilarga bugungi o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman”, - deydi Asror Chorievich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!