Asror Aliqulov: "Siz aytgan narsa tasodif"

  • 20 aprel, 07:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Mash’al” klubi chempionatda ikkinchii g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Superliganing 6-turida muborakliklar Qarshida “Sho‘rtan” bilan bellashdi va 1:0 hisobida ustun keldi. O‘yin yakunlangach, “Mash’al” ustozi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- Bu Superligadagi 6-tur o‘yini va derbi edi. Hamma vaqt derbi og‘irriq bo‘ladi. “Sho‘rtan” jamoasi bilan bir necha yildan beri to‘qnash kelamiz. Murabbiyni uslubi bor, jamoa shiddatkor va bosim uyushtiradi. Jamoamizni bosimga tayyorladik. O‘yinga juda og‘ir kirishdik. Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynay oldik, deb ayta olmayman. 65-70 daqiqadan keyin bo‘shliqlar paydo bo‘lishini uqtirgandik. Shu bois ayrim futbolchilarimizni o‘yinni kuchaytirish maqsadida zaxirada qoldirgandik. Goldan so‘ng oxirgi daqiqalardagi vaziyatda aqlliroq o‘ynaganimizda yana gol urishimiz mumkin edi. Bugungi g‘alaba bilan muxlislarimizni tabriklayman. Futbolchilarga mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiraman.  

- Oxirgi paytlarda darvozabon Doston To‘xtaboev asosiy tarkibda ko‘rinmayapti. Maydonga tushmayotganining sababi nimada?

- Asosiy raqobatda Doston yutib chiqqandi. Chempionatda aynan To‘xtaboev boshladi. Oxirgi o‘yinlarda yirik mag‘lubiyatni qabul qildik. Bu tomonlama Doston ishonchli o‘yin ko‘rsata olmadi. Lekin biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz. Umid Hamroevga ishonch bildiryapmiz. Ikkalasi ham jamoamiz futbolchilari. Qaysi biri tayyor bo‘lsa, o‘shani maydonga tushiramiz.  

- Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘zini oqladi. Siz ham shunday deb o‘ylaysizmi?

- Aytdim-ku, “Sho‘rtan” 65-70 daqiqa bosim qiladi. Bosim uyushtirganda esa himoyada bo‘shliqlar paydo bo‘ladi. Biz ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytirish maqsadida tezkorroq va aqlliroq futbolchilarni zaxirada qoldirdik. Zaxiradan maydonga tushgan o‘yinchilar o‘zini oqladi.

- Faoliyatingiz davomida “Sho‘rtan”da ham ishlagansiz. “Mash’al” va “Sho‘rtan”dagi ko‘rsatkichlaringizga qarasak, siz ko‘proq g‘uzorliklarni mag‘lubiyatga uchratgansiz. Bu “Sho‘rtan”ni har tomonlama bilishingiz bilan bog‘liqmi yoki sizni jamoangiz bu raqibdan ko‘ra kuchliroqmi?

- Hamma vaqt siz bila olmaysiz. “Sho‘rtan”ning hozirgi tarkibidan ayrim futbolchilarni jamoamizga taklif qilganmiz. Afsuski, ular “Sho‘rtan”ni tanlab ketishgan. Ular tarkibida yaxshi o‘yinchilarga ega. Ayniqsa, yarim himoyada. Shuning uchun to‘p bilan muomalasi, texnik qobiliyati yaxshi. Lekin siz aytgan narsa tasodif desam to‘g‘ri bo‘ladi. Oxirgi paytlarda derbilardagi g‘alabalarimiz futbolchilarning mehnati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!