Asosiy mazmunga oʻtish

«Aston Villa» Garnachoni sotib olishdan voz kechishi mumkin

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Aston Villa» rahbariyati qoniqmayotgani sababli Alejandro Garnachoning o‘yin vaqti keskin qisqartirilishi mumkin.

«Aston Villa» rahbariyati «Chelsi»ga tegishli bo‘lgan argentinalik yarim himoyachi Alehandro Garnachoning o‘yinlaridan qoniqmayapti. Bu haqida Football Insider xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 22 yoshli futbolchi yozda Birmingem klubiga ijara asosida o‘tgan. Bitimda Garnacho belgilangan miqdordagi uchrashuvlarda maydonga tushsa, uni 50 million yevroga majburiy sotib olish bandi ham mavjud.

Agar futbolchi o‘z o‘yini­ni yaxshilamasa va munosib saviyani namoyish etmasa, «Aston Villa» uning maydondagi vaqtini cheklashga tayyor. Klubda Garnacho o‘z salohiyatini isbotlashi va jamoaga foyda keltirishini ko‘rsatishi kerak, deb hisoblashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Garnacho joriy mavsumda Angliya chempionatida «Aston Villa» safida atigi uchta uchrashuvda ishtirok etdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q