"Aston Villa" Uotkinsni katta summaga sotyapti
«Aston Villa» hujumchisi Olli Uotkins Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga o‘tishi arafasida turibdi.
Insayder Fabrizio Romano xabar berishicha, birmingemliklar 30 yoshli futbolchi uchun tushgan taklifni qabul qilgan. Kelishuv qiymati 58,4 million evroni tashkil etib, bundan tashqari yana 2 million evro miqdorida bonuslar ko‘zda tutilgan. Tomonlar bitim shartlarini to‘liq kelishib olgan.
Yaqin kunlarda angliyalik forvard Saudiya Arabistoniga yo‘l olib, tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va «Al-Hilol» klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Olli Uotkins 2020 yildan buyon «Aston Villa» sharafini himoya qilib kelmoqda. U shu vaqt ichida klub tarkibida jami 278 o‘yin o‘tkazib, 108 ta gol urdi va 47 marta golli uzatma berdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar