
"Atalanta" EChL guruh bosqichida 3 marta mag‘lubiyatga uchrab pley-offga yo‘l olgan ilk jamoa
EChL 6-turida "Shaxtyor"ni safarda mag‘lubiyatga uchratgan "Atalanta" keyingi bosqichga yo‘l oldi. Italiyaliklar EChL tarixida guruhda 3 marta mag‘lubiyatga uchrab, pley-offga chiqqan birinchi jamoa bo‘lishdi.
Ma’lumot o‘rnida, 1-turda "Dinamo Z"dan 4:0, 2-turda "Shaxtyor"dan 2:1 va 3-turda "Manchester Siti"dan 5:1 hisobidagi mag‘lubiyatlarni qabul qilib olgan.
Eslatib o‘tamiz, "Atalanta" S guruhida 7 ochko bilan 2-o‘rinni egallagan holda keyingi bosqichga yo‘l oldi. Birinchi o‘rindagi "Manchester Siti" 14 ochko jamg‘ardi.
Fikrlar