"Atalanta" o‘z maydonida autsayder darvozasiga 5 ta gol urdi (video)
Italiya A Seriyasining 25-turida “Atalanta” o‘z maydonida “Krotone” klubini qabul qildi.
Gollarga boy kechgan o‘yin 5:1 hisobida maydon egalarining yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. “Atalanta” safida gollarni Robin Gosens (12'), Xose Luis Palomino (48'), Luis Muriel (50'), Yosip Ilichich (58') va Aleksey Miranchuk (85') kiritdi. “Krotone”ning yagona javob goliga Simi (23') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar