"Atalanta"ga Tayson kerak

  • 14.08.2020 20:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Shaxtyor” vingeri Tayson faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

La Gazzetta Dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Atalanta” 32 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 10 million evro to‘lashga tayyor. Uning o‘ziga esa 3 yillik shartnoma taklif qilinmoqda.

Tayson “Shaxtyor” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum Ukraina premer-ligasida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10 ta gol hamda 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transferi esa 9,5 mln evroga baholanmoqda. Uning “konchilar” bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!