
"ATF Championship 19" turniri sanasi ma’lum. Markaziy jang super ko‘rinish oladi
Ma’lumki, yurtimizda MMA bo‘yicha ilk tashkil topgan ATF Championship promousheni yuqori saviyadagi turnirlarni tashkil etib kelmoqda.
O‘zbekiston yakkakurash olamining yorqin namoyandasi Muzaffar Radjabov boshchiligida ushbu promoushen bizga har doim qiziqarli va shiddatli janglarni taqdim etib kelayotgani ham sir emas. Shuningdek, hozirga kelib, 18 ta turnirni o‘tkazib ulgurdi. "ATF Championship 19" esa yana bir necha kundan keyin bo‘lib o‘tadi. Ya’ni, 14 oktyabr kuni Buxoroning Qorovulbozor tumani "Yoshlar majmuasida" tashkil etiladi. Markaziy jangda hamyurtimiz Sharif Kushaev Tojikistonlik Panjsheriga qarshi bahs yuritadi.
To‘liq kardni tez orada ma’lum qilamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar