"Atletiko" APLdan hujumchi olib kelmoqchi

  • 24.11.2025 15:39
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Atletiko Madrid" "Kristal Pelas" hujumchisi Krisantus Ucheni sotib olmoqchi.

Ma’lum bo‘lishicha, "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeonening shaxsan o‘zi Ucheni jamoada ko‘rishni istamoqda. "Footbloom" bergan xabarlarga ko‘ra, ushbu transfer qishda amalga oshishi mumkin. "Xetafe"dagi yorqin o‘yinlari sabab "Kristal Pelas" uni sotib olgandi. Biroq nigeriyalik futbolchi APLda o‘zini ko‘rsata olmayapti. Simeone esa uni o‘z tizimiga to‘g‘ri keladi va Diego Kosta kabi muvaffaqiyatga erishadi deb hisoblamoqda. Shuningdek, "Atletiko" Ucheni Syorlotga almashtirish variantini ham ko‘rib chiqyapti. 

22 yoshli futbolchi joriy mavsumda "burgutlar" safida 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!