"Atletiko" bugun "Eybar"ga qarshi bo‘ladigan o‘yindan oldin jiddiy yo‘qotishga uchradi

  • 18.01.2020 11:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning “Atletiko” klubi himoyachisi Kevin Tripper Ispaniya La Ligasining 20-turidan o‘rin olgan “Eybar”ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam berolmaydi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli futbolchining chov qismida jarohat mavjud.

AS tarqatgan xabarga ko‘ra Tripperning o‘rniga bugun Santyago Aryas maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, “Eybar” – “Atletiko” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!